group-telegram.com/soliq_Live/14147
Last Update:
#imtiyoz
Sentabr oyida 936 ta subyekt ijtimoiy soliq boʻyicha 178,7 mlrd soʻmlik imtiyozdan foydalangan
2025-yil 1-sentabrdan boshlab klasterlar, toʻqimachilik va tikuv-trikotaj sanoati korxonalari uchun uch yil muddatga ijtimoiy soliq stavkasi 1 foiz etib belgilangan.
Bu imtiyoz soliq hisobotini shakllantirishda soliq toʻlovchi tomonidan toʻgʻridan-toʻgʻri qoʻllaniladi, yaʼni hisobchi tomonidan belgilanadi (Jismoniy shaxslar daromad soligʻi va ijtimoiy soliq boʻyicha hisob-kitob shaklining 1-son ilovasi 040-satri).
Joriy yilning sentabr oyida shu sohadagi 936 ta korxona 178,7 mlrd soʻmlik imtiyozdan foydalangan.
Eslatma: Soliq toʻlovchi imtiyozdan foydalanish yoki vaqtincha toʻxtatib turish huquqiga ega. Bu Soliq kodeksining 75-moddasida belgilab qoʻyilgan.
Agar soliq hisobotini tayyorlash jarayonida savollar tugʻilsa:
— biriktirilgan soliq inspektoriga;
— "Soliq organlari bilan qayta aloqa" xizmati orqali;
— 1198 raqamli Call-markazga murojaat qilish mumkin.
Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
BY Buxoro viloyati soliq boshqarmasi

Share with your friend now:
group-telegram.com/soliq_Live/14147
