Telegram Group & Telegram Channel
#Bunyodkorlik

Bo‘stonliqda "Chorvoq darvozasi" ochildi

Bo‘stonliq tumanida "Chorvoq darvozasi" dam olish hamda turar-joy majmuasining ochilish marosimi o‘tkazildi. Unda davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, hudud faollari, nuroniylar va yoshlar qatnashdi. Dastlab viloyat hokimining birinchi o‘rinbosari Otabek Tursunov so‘zga chiqib, mazkur tashabbus hudud turizm salohiyatini yanada oshirishga xizmat qilishini ta’kidladi.

Qayd etilganidek, Prezidentimiz 2024 yil dekabr oyida Toshkent viloyatiga tashrifi doirasida ushbu loyiha bilan ham tanishib, faol turizmni rivojlantirish, aholi va sayyohlarga qulaylik yaratish borasida zarur tavsiyalar bergan edi. O‘tgan vaqt davomida bu yerda bunyodkorlik ishlari tizimli ravishda amalga oshirildi.

Mazkur majmua Xo‘jakent hududidagi Chirchiq daryosi bo‘yida, qariyb 24,5 gektar maydonda qurilish ishlarining birinchi bosqichi yakunlandi. Buning uchun O‘zbekiston milliy banki tomonidan mablag‘lar ajratildi. Natijada 100 nafar yangi ish o‘rinlari yaratildi.

Shuningdek, loyiha doirasida akvapark, 4 qavatli mehmonxona majmuasi, turar joylar, saylgoh, umumiy ovqatlanish shaxobchasi hamda avtoturargohlar tashkil etilmoqda. Jarayonga eng malakali muhandis va me’morlar jalb qilindi. Umuman olganda, bu loyiha to‘liq ishga tushirilishi joriy yil yoz fasliga rejalashtirilgan.

Tadbirda loyiha taqdimoti aks etgan video namoyish etildi. Shundan so‘ng mazkur obyekt bunyod etilishida qatnashgan qurilish kompaniyasi vakillariga ramziy kalit topshirildi.

Telegram 🌐Website 📹YouTube 📸 InstagramFacebook 🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM

group-telegram.com/toshvilpressa/52311
Create:
Last Update:

BY Toshkent viloyati hokimligi

Share with your friend now:
group-telegram.com/toshvilpressa/52311

View MORE
Open in Telegram

Telegram | DID YOU KNOW?

Date: |

The original Telegram channel has expanded into a web of accounts for different locations, including specific pages made for individual Russian cities. There's also an English-language website, which states it is owned by the people who run the Telegram channels. These entities are reportedly operating nine Telegram channels with more than five million subscribers to whom they were making recommendations on selected listed scrips. Such recommendations induced the investors to deal in the said scrips, thereby creating artificial volume and price rise. Some privacy experts say Telegram is not secure enough The regulator said it had received information that messages containing stock tips and other investment advice with respect to selected listed companies are being widely circulated through websites and social media platforms such as Telegram, Facebook, WhatsApp and Instagram.
from vn

Telegram Toshkent viloyati hokimligi
FROM American