⚡️QDUda Kuz-qish mavsumini zararsiz o‘tkazish maqsadida ota-onalar bilan uchrashuvlar davom etmoqda🤔Kuz-qish mavsumida talaba-yoshlarning hayoti va sog‘lig‘ini muhofaza qilish, yashash sharoitlarida xavfsizlik qoidalariga qat’iy rioya qilish va turar joylarda ko‘ngilsiz hodisalarning oldini olish maqsadida Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universitetida ota-onalar bilan uchrashuvlar tashkil etilmoqda
🤔Xabaringiz bor, universitetning akademik Ch.Abdirov nomidagi madaniyat saroyida joriy mavsumga tayyorgarlik doirasida "Kuz-qish mavsumini zararsiz o‘tkazish - umumiy mas’uliyatimiz" shiori ostida profilaktik uchrashuvlar o‘tkazilmoqda. Tadbirlar 11-12-oktyabr kunlari universitetning Qoraqalpoq filologiyasi va jurnalistika, O‘zbek filologiyasi, Chet tillari, Biologiya, Tarix, Jismoniy madaniyat, Geografiya va tabiiy resurslar, San’at, Sanoat texnologiyasi, Arxitektura, Qurilish, Huquq va Iqtisodiyot fakultetlarida tahsil olayotgan, ijarada yashayotgan talaba-yoshlarning ota-onalari ishtirokida o‘tkazildi.
🤔Uchrashuvlarda universitetning yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektori S.Alawatdinov, fakultet dekanlari mas’ullar ishtirok etib, ota-onalarga mavsum davomida sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan ko‘ngilsiz holatlarning oldini olish bo‘yicha zarur ma’lumotlar berildi. Xususan, tabiiy gazdan foydalanishda xavfsizlik choralariga rioya qilish, isitish uskunalaridan to‘g‘ri foydalanish, ventilyatsiya tizimlarini nazorat qilish kabi masalalarga alohida e’tibor qaratildi.
🤔Shuningdek, uchrashuvda ota-onalar farzandlarining yashayotgan sharoitlari, ularning o‘qishga, madaniy hayotga va ijtimoiy faollikka bo‘lgan munosabatlari yuzasidan fikr almashdi. Tadbir davomida talaba-yoshlarning tarbiyasi, ma’naviy dunyoqarashi va ota-onalar bilan o‘zaro muloqotni mustahkamlashning ahamiyati ham ta’kidlandi.
🤔Qoraqalpoq davlat universitetida bunday profilaktik uchrashuvlar muntazam davom ettirilib, barcha fakultetlar kesimida ota-onalar, talabalar va mas’ul xodimlar o‘rtasida hamkorlikni mustahkamlash, talabalarning sog‘lom, xavfsiz va ma’naviy yetuk inson bo‘lib kamol topishi yo‘lida zarur chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
➡️To‘liq o‘qishBizdi sociallıq tarmaqlarda baqlap barıń:
✅Telegram | 🌐Instagram | 📹YouTube | ✅Facebook