Warning: file_put_contents(aCache/aDaily/post/www_karsu_uz/-51336-51337-51338-51339-51340-51341-51342-51343-51344-51345-51336-): Failed to open stream: No space left on device in /var/www/group-telegram/post.php on line 50
KARSU.UZ | Telegram Webview: www_karsu_uz/51343 -
Telegram Group & Telegram Channel
⚡️QDUda 21-oktyabr - O‘zbek tiliga Davlat tili maqomi berilgan kun munosabati bilan bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi

🩷Bugun Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universitetida 21-oktyabr "O‘zbek tili bayrami kuni"ga bag‘ishlangan tantanali bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi. Tadbirda "Milliy tiklanish" demokratik partiyasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kengashi Raisi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi deputati T.Romanov, universitet professor-o‘qituvchilari va talaba-yoshlari ishtirok etdi. Bu muhim sana - 1989-yil 21-oktyabrda "Davlat tili to‘g‘risida"gi qonun qabul qilingan kun - mamlakatimizda o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan, milliy g‘urur va iftixor, o‘zlikni anglash ramzi bo‘lgan tarixiy sana sifatida keng nishonlanadi.

🩷Bayram tadbirini universitet rektori vazifasini vaqtincha bajaruvchi O.Duysenbayev ochib berdi. U o‘z nutqida yig‘ilganlarni ushbu qutlug‘ sana bilan samimiy tabriklab, o‘zbek tilining boy tarixi, uning madaniyatimiz va milliy qadriyatlarimizni saqlashdagi beqiyos ahamiyati haqida so‘z yuritdi. Shuningdek, davlat tili nafaqat muloqot vositasi, balki xalqimizning ma’naviy boyligi, mustaqilligimiz va milliy birligimiz timsoli ekanini ta’kidladi.

🩷Tadbirda so‘zga chiqqanlar o‘zbek tilining davlat tili sifatida jamiyat hayotidagi o‘rni, til siyosatini rivojlantirish yo‘lida amalga oshirilayotgan islohotlar, shuningdek, yosh avlodni ona tiliga muhabbat ruhida tarbiyalash borasida qilinayotgan sa’y-harakatlarga alohida e’tibor qaratdi. Shu bilan birga, bugungi kunda davlat tilining nufuzi yildan-yilga ortib borayotganini, tilga hurmat - millatga hurmat ekanini alohida ta’kidladi.

🩷Tadbirda universitetning iqtidorli talabalari ishtirokida qo‘shiqlar, sahna ko‘rinishlari, musiqiy chiqishlar namoyish etildi. O‘zbek tili va adabiyoti yo‘nalishidagi yosh ijodkorlarning asarlari tinglovchilarda katta taassurot qoldirdi. Bayram yakunida oliy ta’lim muassasalari talaba-yoshlari o‘rtasida o‘tkazilgan "Ommaviy diktant" tanlovi g‘oliblari taqdirlandi.

➡️To‘liq o‘qish

Bizdi sociallıq tarmaqlarda baqlap barıń:

Telegram | 🌐Instagram | 📹YouTube | Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM

group-telegram.com/www_karsu_uz/51343
Create:
Last Update:

BY KARSU.UZ

Share with your friend now:
group-telegram.com/www_karsu_uz/51343

View MORE
Open in Telegram

Telegram | DID YOU KNOW?

Date: |

Groups are also not fully encrypted, end-to-end. This includes private groups. Private groups cannot be seen by other Telegram users, but Telegram itself can see the groups and all of the communications that you have in them. All of the same risks and warnings about channels can be applied to groups. Also in the latest update is the ability for users to create a unique @username from the Settings page, providing others with an easy way to contact them via Search or their t.me/username link without sharing their phone number. And indeed, volatility has been a hallmark of the market environment so far in 2022, with the S&P 500 still down more than 10% for the year-to-date after first sliding into a correction last month. The CBOE Volatility Index, or VIX, has held at a lofty level of more than 30. The next bit isn’t clear, but Durov reportedly claimed that his resignation, dated March 21st, was an April Fools’ prank. TechCrunch implies that it was a matter of principle, but it’s hard to be clear on the wheres, whos and whys. Similarly, on April 17th, the Moscow Times quoted Durov as saying that he quit the company after being pressured to reveal account details about Ukrainians protesting the then-president Viktor Yanukovych. The gold standard of encryption, known as end-to-end encryption, where only the sender and person who receives the message are able to see it, is available on Telegram only when the Secret Chat function is enabled. Voice and video calls are also completely encrypted.
from us

Telegram KARSU.UZ
FROM American