group-telegram.com/fathiyyanabijon/625
Last Update:
Malollanish
"Выгорание" mavzusiga to'xtalib o'tgan edik, shunga yana bir qo'shimcha kiritsak.
❗️ Bu turdagi "charchab qolish" musulmonlarni dinlari bilan ham sodir bo'lishi mumkin. Faqat Islom arkonlaridan charchab qolish desak qo'pol ko'ringani sabab "Malollanish" deb nomlasak maqsadga muvofiq bo'ladi.
❔ Qay holatda inson farz/vojib/nafl ibodatlardan malollana boshlaydi?
❕ Rosululloh alayhissalotu vasallam sunnatlariga amal qilmaganida!
✔️ U zot alayhissalom Oisha roziyallohu anhodan rivoyat qilingan hadisda أَحَبُّ الأعمالِ إلى" اللهِ أدْومُها و إن قَلَّ", ya'ni "Alloh Taologa eng suyukli amal, oz bo'lsa-da davomliy bo'lganidir" deganlar.
✖️ Inson o'zini farzlarga chiniqtirmay turib nafl ibodatlarga urinishi, buni ustiga darrov ko'p miqdorda qilishga tushishi bora-bora nafsini malollantira boshlaydi.
📉 Avvaliga yengil ko'ringan bu ibodatlarga asta-sekin toqati yetmay qoladi va natijada farz/vojib amallarga ham kuch-quvvati qolmaydi.
🔺Buni oldini olish uchun ham namoz/tilovat/zikr/ro'zalarimizni sunnatga muvofiq oz-ozdan qilib yo'lga qo'yishimiz lozim.
🔸Dushanba va Payshanba kunlari nafl ro'za tutishni istagan kishi avvaliga faqat Dushanba kunidan boshlasin. Sekin-asta bu kundagi ro'za odatga aylangandan so'ng Payshanba kundagisini ham boshlasa bo'ladi.
🔸Tahajjudga turishni yo'lga qo'yuvchi esa birdaniga 8-10 rakaat emas, boshlanishiga 2-4 rakaatdan o'qib o'zini o'rgatishi hamda vaqt o'tgani sayin toqati yetadigan miqdorda bo'lmaguncha ikki rakaatdan qo'shib borishi maqsadga muvofiqdir.
🔸 Bir kunda 1- 2 juzdan Qur'on tilovat qilish charchatib qo'ysa, yarim juzdan ham o'qish mumkin, zotan hech kim malomat qilmaydi "Uyalmaysanmi atiga 1 juz o'qishga" deb. Bir juzning yarmi/choragimi yoki 4-5 sahifami hech qisi yo'q.
Muhimi oz-ozdan bo'lsa ham, tashlab qo'ymay ham kuni o'qish!
©Fathiyya Nabijon
@fathiyyanabijon
BY Fathiyya Nabijon

Share with your friend now:
group-telegram.com/fathiyyanabijon/625