group-telegram.com/URDU_PRESSA/69076
Last Update:
Bugun Xorazm viloyati hokimining o‘rinbosari, Oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshlig‘i Nigora Kutlimuratova Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti huzurida tashkil etilgan “Ayollar tadbirkorligi tahlili laboratoriyasi” faoliyati bilan tanishdi.
Tashrif davomida laboratoriyaning ayollar tadbirkorligini o‘rganish, ularning iqtisodiy faolligini oshirish, biznes tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash hamda xalqaro moliyaviy manbalarni jalb etish borasidagi faoliyati batafsil muhokama qilindi.
Shuningdek, uchrashuvda Savdo-sanoat palatasi, mahalliy banklar, moliya institutlari va iqtisodiyot sohasidagi olimlarni laboratoriya ishlariga keng jalb etish, ayollar biznesini ilmiy tahlil asosida rivojlantirish hamda ularning moliyaviy savodxonligini oshirish masalalariga eʼtibor qaratildi.
Mazkur tashrif laboratoriya faoliyatini yanada takomillashtirish, xotin-qizlarning iqtisodiy mustaqilligini ta’minlash va ularning jamiyat hayotidagi faolligini kuchaytirish borasida muhim ahamiyatga kasb etadi.
©️UrDU Matbuot xizmati
🌐 Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Ln | YouTube










