Telegram Group Search
Forwarded from Fiskal tahlillar
#raqamlashtirish #shikoyat_berish

Soliq nizolarini sudgacha hal qilish
amaliyoti natijalari

2025-yil 1-oktabr holatiga Soliq qo‘mitasiga jami 1 718,9 mlrd so‘mlik 183 ta soliq nizosiga oid shikoyat kelib tushgan.

Shundan:
🔸soliq auditi bo‘yicha - 1 532,7 mlrd so‘mlik 133 ta;
🔸sayyor soliq tekshiruvi bo‘yicha - 186,2 mlrd so‘mlik 50 ta.

Xususan, 7 ta 33,6 mlrd soʻmlik murojaatda soliq toʻlovchining pozitsiyasi qanoatlantirilgan.

Shuningdek:
▫️1 664,6 mlrd so‘mlik 161 ta murojaat bo‘yicha soliq xizmati organlari qarorlari o‘z kuchida qoldirildi va bu haqda belgilangan tartibda tushuntirishlar berilgan;
▫️20,7 mlrd so‘mlik 15 ta murojaat bo‘yicha o‘rganish davom etmoqda.
____
#цифровизация #обжалование

Итоги практики досудебного урегулирования налоговых споров

По состоянию на 1 октября 2025 г. Налоговым комитетом в установленном порядке рассмотрено 183 жалобы на общую сумму 1 718,9 млрд сумов.

Из них:
🔸по налоговым аудитам - 133 жалобы на сумму 1 532,7 млрд сумов;
🔸по выездным налоговым проверкам - 50 жалоб на сумму 186,2 млрд сумов;

Из них по 7 жалобам на общую сумму 33,6 млрд сумов подтверждена позиция налогоплательщика.

Кроме того:
▫️по 161 жалобе на сумму 1 664,6 млрд сумов оставлены в силе решения налоговых органов и об этом налогоплательщикам даны соответствующие разъяснения;
▫️продолжается рассмотрение 15 жалоб на сумму 20,7 млрд сумов.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#hayat_majlisi

Ochiqlik, xolislik va halollik har bir xodimning bosh maqsadi boʻlishi shart

Soliq qoʻmitasi Hayʼatining navbatdagi kengaytirilgan majlisi boʻlib oʻtdi. Videokonferens aloqa shaklida tashkil etilgan tadbirda soliq xizmati organlari hamda tizim tarkibidagi tashkilotlar shaxsiy tarkibi ishtirok etdi.

Yigʻilishda soliq tizimida qonun ustuvorligini taʼminlash, korrupsiyaga qarshi kurashish, xodimlar oʻrtasida qatʼiy tartib-intizomga rioya etish masalalari tanqidiy tahlil qilinib, mazkur yoʻnalishda amalga oshirilishi kerak boʻlgan chora-tadbirlar belgilab olindi.

Yigʻilishda soliq organlari faoliyatida qonun ustuvorligini taʼminlash, ochiqlik va halollik tamoyillarini hayotga tatbiq etish masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.

— “Soliq toʻlovchilarga xizmat koʻrsatishda ochiqlik, xolislik va halollik har bir xodimning bosh maqsadi boʻlishi shart. Bu — faqat shior emas, balki faoliyatimiz asosiy mezonidir,” — dedi qoʻmita Raisi SH.Kudbiyev.


Shu bilan birga, soʻnggi oylarda ayrim hududlarda, jumladan, Toshkent shahri, Toshkent va Namangan viloyatlarida sodir etilgan qonunbuzarlik va korrupsiya holatlari keskin tanqid qilindi. Bu kabi holatlar tizimning obroʻsiga putur yetkazishi, jamoat ishonchini susaytirishi taʼkidlandi.

Yigʻilishda “Soliq hamkor” axborot moduli orqali kelib tushayotgan murojaatlarni oʻz vaqtida va qonuniy koʻrib chiqish, ortiqcha toʻlovlarga yoʻl qoʻymaslik boʻyicha masʼullarga aniq topshiriqlar berildi.

Qonun talablariga amal qilmaslik yoki sustkashlikka yoʻl qoʻygan xodimlarga nisbatan qatʼiy intizomiy choralar koʻrilishi yuzasidan rasman ogohlantirildi.

"Korxonabay" va "mahallabay" ishlash tizimining samaradorligi hamda soliq bazasini kengaytirish borasida erishilgan ijobiy natijalar bilan bir qatorda, ayrim hududiy soliq organlari tomonidan ayni yoʻnalishda kamchiliklarga yoʻl qoʻyilayotgani, xususan, xodimlar salohiyatini inobatga olish, adolat va tenglikni taʼminlashdagi kamchiliklar tanqidiy muhokama qilindi.

Shuningdek, jamoada qatʼiy tartib-intizomga rioya etish, markaziy apparatdan boshlab, joylardagi rahbarlargacha bu boradagi ishlar susaytirib yuborilgani tahlil qilinib, amalga oshirilishi kerak boʻlgan qatʼiy choralar belgilab olindi.

Yigʻilish yakunida qoʻmita raisi oʻrinbosarlari, Yirik soliq toʻlovchilar boʻyicha hududlararo inspeksiyasi hamda hududiy boshqarmalar rahbarlarining hisobotlari tinglandi.

Yoʻl qoʻyilgan kamchiliklar uchun bir qator mutasaddilarga intizomiy choralar koʻrilib, jiddiy kamchilikka yoʻl qoʻygan xodimlar bilan tuzilgan mehnat shartnomalari bekor qilindi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X|Threads
#tabrik_25_oktabr

BAYRAMINGIZ MUBORAK BO‘LSIN, ICHKI ISHLAR XIZMATI XODIMLARI!

Sizlarni “25-oktabr — O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar organlari xodimlari kuni” munosabati bilan Buxoro viloyati soliq xizmati organlari jamoasi nomidan samimiy muborakbod etamiz.

Yurt istiqboli yo‘lida fidokorona xizmat qilib, uning tinchligi va osoyishtaligiga munosib hissa qo‘shishdan charchamang.

Burchiga, Vatanimizga sadoqatli, Siz jasur va fidoyi kasb egalariga sihat-salomatlik, baxt-saodat, xonadonlaringizga fayzu baraka, farovonlik tilayman.

Bayramingiz muborak bo‘lsin!


Hurmat bilan,

Buxoro viloyati soliq xizmati organlari jamoasi va
boshqarma boshlig‘i Dilshod Yuldashev.


Тelegram | Facebook|Instagram|Youtube
👏2
📣HAFTA XABARLARI (20.10.2025 — 25.10.2025 )

Til — millat ruhi, Vatan timsoli - Ona tilim 36 yoshda


20-oktabr – tovarlar (xizmatlar) importida QQS hisobotlarini taqdim etish va toʻlashning oxirgi kuni

2025-yil 1-oktabr holatiga Buxorodagi soliq qarzi yuqori bo'lgan 116 ta qurilish korxonalarining jami qarzdorligi 73,4 mlrd so'mni tashkil etdi

2025-yil 1-oktabr holatiga Buxorodagi soliq qarzi yuqori bo'lgan 74 ta ishlab chiqarish korxonalarining jami qarzdorligi 51,2 mlrd so'mni tashkil etdi

Yashirin iqtisodiyotni qisqartirish borasida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda


Kimlar madaniyatli soliq to‘lovchilar hisoblanadi

🇺🇿Oʻzbek tili – xalqimizning faxri, ma’naviyatimizning tayanchi!

2026-yil 1-yanvardan boshlab elektron hisobvaraq-fakturalar (EHF) xavf darajasini real vaqt rejimida avtomatik baholashning yangi tizimi joriy etiladi.

Buxoro viloyatida faoliyat yuritayotgan 600 ga yaqin tadbirkorlik subyektlari barqarorlik reytingining yuqori pog'onasida

2025-yilning 1-oktabr holatiga Buxoro viloyatida jismoniy shaxslarning turar joy obyektlariga 240,0 mlrd so‘m soliq undirilgan. Shundan mahalla budjetiga 24,0 mlrd so‘m qolgan.


Romitan tumani soliq inspeksiyasi xodimlari va tadbirkorlar o‘rtasida korrupsiyani oldini olishga qaratilgan muloqotlar o‘tkazildi

“Korxonabay” ishlash tizimi natijasida Buxoroda soliq tushumlari 19,4 % ga o'sdi

2025-yil yanvar-sentabr oylarida o‘tkazilgan tekshiruvdan oldingi tahlillar natijasida Buxorodagi 5 778 ta korxonalar tomonidan ko’paytirishga qayta hisobotlar taqdim etilib, 36,3 mlrd soʻm soliqlar hisoblangan.


“Mahallabay” va “korxonabay” – har bir soliq to‘lovchiga individual yondashuv

Xaridorning kassa cheki berilmaganligi haqidagi shikoyati nima bilan tugaydi

2025-yil yanvar-sentabr oylarida Buxoroda 2 255 mingta soliq to‘lovchida kameral soliq tekshiruvlari o‘tkazilgan. Ushbu tekshiruvlarda 708,5 mlrd soʻm tafovutlar aniqlangan hamda soliq to’lovchilarga tafovutlar toʻgʻrisidagi talabnomalar yuborilgan.


#soliq_taqvimi
❗️oktabr oyi uchun:

Yo'ldosh aloqa operatorlari uchun 5 yilga soliq imtiyozlari joriy etilmoqda

Imkoniyatlar kengaydi: barqarorlik reytingida 5 ta yangi va 11 ta takomillashtirilgan mezon

2025-yilning yanvar-sentabr oylarida “Soliq” mobil ilovasining “Soliq hamkor” tizimi orqali Buxoro viloyatidan soliq huquqbuzarliklari haqida 2 196 ta murojaat kelib tushgan.


Tovar yoki xizmatlar uchun to‘lovni tadbirkorlik subyekti hisob raqamiga emas, jismoniy shaxs kartasiga o‘tkazish (P2P) noqonuniy hisoblanadi.

#hayat_majlisi
Ochiqlik, xolislik va halollik har bir xodimning bosh maqsadi boʻlishi shart

Тelegram | Facebook|Instagram|Youtube
🏓Buxoroda nuroniylar oʻrtasida sportning stol tennisi turi boʻyicha musobaqa tashkil etildi

Buxoro viloyati soliq boshqarmasining sport majmuasida Buxoro viloyati hokimligi, “Nuroniy” jamgʻarmasi viloyat boʻlimi, sport boshqarmasi hamda Oʻzbekiston stol tennisi federasiyasining Buxoro viloyati boʻlimi hamkorligida nuroniylar oʻrtasida sportning stol tennisi turi boʻyicha musobaqa boʻlib oʻtmoqda.

Bellashuvlar oʻziga xos va qizgʻin tarzda boʻlib oʻtyapti. Unda viloyatimizning shahar va tumanlardan tashrif buyurgan 50 nafardan ortiq nuroniy otaxonu onalar jismoniy imkoniyatarini yana bir bor sinovdan oʻtkazishmoqdalar.

“Mahallamiz sportchi nuroniylari” shiori ostida tashkil etilgan ushbu tadbir yakunida gʻolib nuroniylar tadbir tashkilotchilarining esdalik sovgʻalari bilan taqdirlanadilar.

Тelegram | Facebook|Instagram|Youtube
2025/10/26 04:15:41
Back to Top
HTML Embed Code: