Telegram Group & Telegram Channel
«Kichik qadamlarning kuchi: biz har kuni nima jamlaymiz?»

Yaqinda men Darren Hardy’ning «Jamlanma effekti» («The Compound Effect») kitobini o‘qidim. Meni eng ko‘p hayratlantirgani shuki: har bir tanlovimiz, har bir kichkina amalimiz kelajakda katta natijalar beradi. Biz ko‘pincha bitta muhim lahza yoki katta voqea hayotimizni o‘zgartiradi deb o‘ylaymiz.
Aslida esa, hayotimiz har kuni qiladigan kichik qadamlardan quriladi.

Bu g‘oya meni o‘ylantirdi: bu bizning maktab hayotimizga qanday ta’sir qiladi?
O‘qituvchi ishiga, jamoa muhitiga, bolalarga qanday aks etadi?

🟢Jamlanma effekti nima?

Bu — kichkina narsalar har kuni takrorlana borib, katta natijaga aylanadigan jarayon.
🟢Agar o‘qituvchi har kuni faqat xatolarni ko‘rsa — o‘quvchida «men doim yomonman» degan his shakllanadi.
🟢Agar pedagog doimiy ravishda qo‘llab-quvvatlasa — bolada o‘ziga ishonch va o‘qishga ishtiyoq kuchayadi.
🟢Agar jamoada kundan kunga norozilik va mayda xafagarchiliklar yig‘ilsa — vaqt o‘tib muhit og‘ir va tarang bo‘lib qoladi.
🟢Lekin agar biz har kuni yaxshi so‘z, iliqlik va hurmatni qo‘shib borsak — bu ishonch va hamkorlik madaniyatiga aylanadi.

🟢Nega bu biz, pedagoglar va maktab xodimlari uchun muhim?

Bizning ishimiz ko‘plab kichik muloqotlar tashkil topgan: o‘quvchilar bilan, hamkasblar bilan, ota-onalar bilan. Bir qarashda «bir marta ovoz ko‘tarish» yoki «bir marta jim qolish» ahamiyatsizdek tuyulishi mumkin. Ammo aynan shunday «mayda» narsalardan maktabning umumiy kayfiyati quriladi va o‘quvchilarning kelajagi shakllanadi.

🟢Jamlanma effektidan qanday foydalansak bo‘ladi?

Oddiy narsadan boshlang: har kuni — birta yaxshi so‘z o‘quvchiga yoki hamkasbga.
Ohangga e’tibor bering: hatto tanqidiy gap ham yordam beruvchi, ruhlantiruvchi ohangda aytilsa bo‘ladi.
Odatlarni tizimlashtiring: kichik ijobiy amallarni muntazam qilish katta samara beradi.

©️Darren Hardy shunday deydi:
«Kichik narsalar, vaqtga ko‘paytirilsa, ulkan natija beradi».

Maktab ham ushbu
formulada ishlaydi

Savol: biz nima jamlayapmiz — charchoq va noroziliknimi yoki ishonch va motivatsiyanimi?

🟢Rahimov School Bosh psixologi - Damira Babajanova
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
15👍9🔥2😍2🎉1

group-telegram.com/talim_ber/114
Create:
Last Update:

BY Ta'lim bering

Share with your friend now:
group-telegram.com/talim_ber/114

View MORE
Open in Telegram

Telegram | DID YOU KNOW?

Date: |

You may recall that, back when Facebook started changing WhatsApp’s terms of service, a number of news outlets reported on, and even recommended, switching to Telegram. Pavel Durov even said that users should delete WhatsApp “unless you are cool with all of your photos and messages becoming public one day.” But Telegram can’t be described as a more-secure version of WhatsApp. Since its launch in 2013, Telegram has grown from a simple messaging app to a broadcast network. Its user base isn’t as vast as WhatsApp’s, and its broadcast platform is a fraction the size of Twitter, but it’s nonetheless showing its use. While Telegram has been embroiled in controversy for much of its life, it has become a vital source of communication during the invasion of Ukraine. But, if all of this is new to you, let us explain, dear friends, what on Earth a Telegram is meant to be, and why you should, or should not, need to care. "Russians are really disconnected from the reality of what happening to their country," Andrey said. "So Telegram has become essential for understanding what's going on to the Russian-speaking world." "For Telegram, accountability has always been a problem, which is why it was so popular even before the full-scale war with far-right extremists and terrorists from all over the world," she told AFP from her safe house outside the Ukrainian capital. Although some channels have been removed, the curation process is considered opaque and insufficient by analysts.
from in

Telegram Ta'lim bering
FROM American