Telegram Group & Telegram Channel
Federatsiya rahbariyati va viloyat murabbiylari ishtirokida yig‘ilish o‘tkazildi

Bugun Chirchiq shahri mezbonlik qilgan kattalar va yoshlar o‘rtasida O‘zbekiston chempionati hamda "Uzbekistan open" ochiq chempionati musobaqalari o‘z yakuniga yetdi. Turnirning so'nggi kunida hududlardan kelgan murabbiylar ishtirokida yig‘ilish o‘tkazildi.

Unda Sport vaziri o‘rinbosari, O‘zbekiston Og‘ir atletika federatsiyasi raisining birinchi o‘rinbosari Shaxrillo Maxmudov, terma jamoa bosh murabbiyi Baxrom Mendiboyev hamda terma jamoa eksperti Xolid Korani ishtirok etdi. Yig‘ilish avvalida Shaxrillo Maxmudov bir hafta davom etgan musobaqalar har jihatdan yuqori saviyada tashkil etilganini va belgilangan sport prinsiplari asosida adolatli o‘tkazilganini alohida e’tirof etgan holda tashkilotchilarga, shu jumladan murabbiylarga o‘z minnatdorchiligini bildirdi.

Bundan tashqari, musobaqalarda qayd etilgan yuqori natijalar alohida tilga olindi va shu bilan birga sportchilar tomonidan yo‘l qo‘yilgan texnik xatolar ustida ishlab, ularni bartaraf etish bo‘yicha ko‘rsatmalar berib o‘tildi.

Shaxrillo Maxmudov o‘z nutqi davomida shuningdek, sportchilarning antidoping qoidalariga qat’iy amal qilishlari lozimligi va bu borada murabbiylarning mas’uliyati har qachongidan ham yuqori ekanligini yana bir bor ta’kidlab, federatsiya va Milliy antidoping agentligi o‘rtasida o‘zaro yaqindan hamkorlik yo‘lga qo‘yilgani bois mahalliy musobaqalarda ham sportchilardan doping sinamalari muntazam olib borilishi va ushbu yo‘nalishdagi ishlar qat’iy nazorat qilinishini ma’lum qildi.

Yig‘ilish kun tartibidan o‘rin olgan yana bir muhim masala - xorijlik mutaxassis tajribasini hududlarda ham keng qo‘llash bo‘yicha bo‘ldi. Unga ko‘ra, har oyda ikki marta onlayn tarzda xorijlik mutaxassis Xolid Korani ishtirokida hududlardagi murabbiylar uchun maxsus darslar tashkil etilishi belgilab berildi. Bundan ko‘zlangan asosiy maqsad - hududlarda shug‘ullanayotgan sportchilarning texnikasi ustida ishlab, ularni terma jamoaga jalb etilguniga qadar to‘g‘ri yo‘naltirishdan iborat.

👉 💻Instagram |🎞YouTube  | 📝Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👏5

group-telegram.com/CHIRCHIQ_RASMIY/48901
Create:
Last Update:

BY Chirchiq shahar hokimligi / Хокимият города Чирчика

Share with your friend now:
group-telegram.com/CHIRCHIQ_RASMIY/48901

View MORE
Open in Telegram

Telegram | DID YOU KNOW?

Date: |

Telegram users are able to send files of any type up to 2GB each and access them from any device, with no limit on cloud storage, which has made downloading files more popular on the platform. Oleksandra Matviichuk, a Kyiv-based lawyer and head of the Center for Civil Liberties, called Durov’s position "very weak," and urged concrete improvements. WhatsApp, a rival messaging platform, introduced some measures to counter disinformation when Covid-19 was first sweeping the world. The Securities and Exchange Board of India (Sebi) had carried out a similar exercise in 2017 in a matter related to circulation of messages through WhatsApp. Continuing its crackdown against entities allegedly involved in a front-running scam using messaging app Telegram, Sebi on Thursday carried out search and seizure operations at the premises of eight entities in multiple locations across the country.
from tr

Telegram Chirchiq shahar hokimligi / Хокимият города Чирчика
FROM American