Telegram Group Search
🇺🇿Xorazm viloyati hokimi o‘rinbosari “Ayollar tadbirkorligi tahlili laboratoriyasi” faoliyati bilan tanishdi

Bugun Xorazm viloyati hokimining o‘rinbosari, Oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshlig‘i Nigora Kutlimuratova Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti huzurida tashkil etilgan “Ayollar tadbirkorligi tahlili laboratoriyasi” faoliyati bilan tanishdi.

Tashrif davomida laboratoriyaning ayollar tadbirkorligini o‘rganish, ularning iqtisodiy faolligini oshirish, biznes tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash hamda xalqaro moliyaviy manbalarni jalb etish borasidagi faoliyati batafsil muhokama qilindi.

Shuningdek, uchrashuvda Savdo-sanoat palatasi, mahalliy banklar, moliya institutlari va iqtisodiyot sohasidagi olimlarni laboratoriya ishlariga keng jalb etish, ayollar biznesini ilmiy tahlil asosida rivojlantirish hamda ularning moliyaviy savodxonligini oshirish masalalariga eʼtibor qaratildi.

Mazkur tashrif laboratoriya faoliyatini yanada takomillashtirish, xotin-qizlarning iqtisodiy mustaqilligini ta’minlash va ularning jamiyat hayotidagi faolligini kuchaytirish borasida muhim ahamiyatga kasb etadi.

©️UrDU Matbuot xizmati
🌐
Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Ln | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍31
#Eko_zakovat

🌱“Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida “Eko-zakovat” intellektual o‘yini o‘tkazildi

📎O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 15-maydagi PQ–184-sonli qarori bilan tasdiqlangan “2030-yilgacha bo‘lgan davrda aholining ekologik madaniyatini yuksaltirish konsepsiyasi” hamda Vazirlikning 2025-yil 28-iyuldagi 273-sonli buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti Tabiiy va qishloq xo‘jaligi fanlari fakulteti hamda Ijtimoiy-iqtisodiy fanlar fakultetida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida “Eko-zakovat” intellektual o‘yini tashkil etildi.

Mazkur tadbirning asosiy maqsadi — talaba-yoshlarning ekologik tafakkurini rivojlantirish, atrof-muhitga e’tibor va mas’uliyatni oshirish, “Yangi daraxt — yangi nafas” g‘oyasini keng targ‘ib etishdan iboratdir.


“Eko-zakovat” o‘yini davomida talabalar ekologiya, tabiatni muhofaza qilish, yashil hududlarni kengaytirish hamda chiqindisiz hayot tarzini shakllantirishga doir savollarga javob berib, o‘z bilim va dunyoqarashlarini sinovdan o‘tkazdilar.

Tadbir yakunida g‘olib jamoalar faxriy yorliqlar va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

©️UrDU Matbuot xizmati
🌐
Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Ln | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3👍3
🌾Qishloq ayollari – mehnatsevarlik va barqarorlik timsoli

Bugun “15-oktabr – Xalqaro qishloq ayollari kuni” munosabati bilan Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti Telekommunikatsiya texnologiyalari fakulteti 1-bosqich talaba-yoshlar ishtirokida tadbirkor ayollar bilan uchrashuv tashkil etildi.

Uchrashuv davomida talabalar qishloq xo‘jaligining taraqqiy etishi, oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash hamda iqtisodiyotda ayollarning faol ishtiroki haqida qimmatli ma’lumotlarga ega bo‘lishdi.

Tadbirda ayollarning qishloq joylarida mehnat qilayotgan insonlar hayotini yaxshilash, innovatsion yondashuvlarni joriy etish va barqaror rivojlanishga qo‘shayotgan hissasi alohida ta’kidlandi.

©️UrDU Matbuot xizmati
🌐
Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Ln | YouTube
👍1👏1
Forwarded from Edu.uz
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🌟🌟🌟🌟🌟🌟🌟

Eslatma! Ertaga Urganch davlat universitetida “TalabaExpo–2025” ko‘rgazmasi boshlanadi

Ayni daqiqalarda tadbirga tayyorgarlik qizg‘in ketmoqda.

#Live #UrDU #tayyorgarlik #sharhsiz

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
7👏6🔥1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OʻZIMIZNIKI

Abu Rayxon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti talabasi hamda Milliy tiklanish demokratik partiyasi Xorazm viloyat kengashining “Ko’mak” targ’ibot guruhi a’zosi Nilufar Xusinova

👉 Batafsil

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating: 👇
Telegram l Instagram l Facebook l
6🔥1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#QALQON_guruhi
#UrDU_Yoshlar_ittifoqi

QALQON — talabalarning xavfsizligi yo‘lida!

Bugun ko‘pchilik “Qalqon” jamoatchilik guruhi deganda faqat ramziy forma kiygan talabalarni ko‘radi.
Ammo, aslida ular — tinchlik, tartib va xavfsizlikning haqiqiy himoyachilari!

🎥 Ushbu qisqa video rolikda siz “Qalqon” jamoatchilik guruhi a’zolarining kundalik faoliyatiga
nazar tashlaysiz:
— talabalar turar joylarida tartibni saqlash,
— huquqbuzarlikning oldini olish,
— va eng asosiysi — o‘z tengdoshlariga ibrat bo‘lish!

Har bir “Qalqon” a’zosi – bu OTM sha’nini himoya qilayotgan yosh posbon.

©️UrDU Matbuot xizmati
🌐
Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Ln | YouTube
10👍4🔥2🕊2🎉1
2025/10/16 03:54:34
Back to Top
HTML Embed Code: