Telegram Group Search
#matbuot_anjumani #EHF

Elektron hisobvaraq-fakturalarda xavf darajasini baholash: yangi yondashuv

Soliq qo‘mitasida elektron hisobvaraq-fakturalar (EHF) xavf darajasini real vaqt rejimida avtomatik baholashning yangi tizimini tushuntirishga bag‘ishlangan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

Mazkur tizim 2026-yil 1-yanvardan boshlab O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni ijrosini ta'minlash maqsadida joriy etilmoqda hamda EHF rasmiylashtirish jarayonida qonunbuzilish ehtimolini baholash imkonini beruvchi kompleks mezonlar tahliliga asoslanadi.

Yangi tizim har bir EHFni yaratish jarayonidayoq avtomatik tahlil qiladi va unga xavf darajasini belgilaydi. Agar yuqori xavf belgilari aniqlansa, EHFning maqomi xaridorga koʻrsatiladi.

Yangi yondashuv soliq oqibatlarini baholash va hamkor tanlashda ehtiyotkorlikni taʼminlaydi.

Soliq organlari tomonidan xufiyona iqtisodiyotning oldini olish, qonun ustuvorligini taʼminlash, shu bilan birga insofli, soliqlarni oʻz vaqtida, vijdonan toʻlaydigan soliq toʻlovchilarning manfaatlarini himoya qilish maqsadida shubhali operatsiyalarni aniqlash boʻyicha tizimli ishlar olib borilmoqda.
__________
#пресс_конференция #ЭСФ

Оценка уровня риска электронных счетов-фактур: новый подход

В Налоговом комитете состоялась пресс-конференция, посвященная разъяснению новой системы автоматической оценки риска ЭСФ в режиме реального времени.

Данная система внедряется с 1 января 2026 года в целях исполнения Указа Президента Республики Узбекистан и основывается на комплексном анализе критериев, позволяющих оценить вероятность нарушений при оформлении ЭСФ.

Новая система автоматически анализирует каждый формируемый ЭСФ уже на этапе его создания и присваивает ему уровень риска. При выявлении признаков повышенного риска соответствующий статус поставщика будет отображен покупателю.

Новый подход позволит заранее оценить возможные налоговые последствия сделки и проявить должную осмотрительность при выборе контрагента.

Налоговые органы ведут системную работу по выявлению сомнительных операций с целью предупреждения теневой экономики, обеспечения верховенства закона, а также защиты интересов добросовестных налогоплательщиков, которые своевременно и честно уплачивают налоги.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#konstitutsiyaviy_burch

Hurmatli soliq to'lovchilar mol-mulk va yer soliqlarini to'ladingizmi


❗️Agar mol-mulk va yer soliqlarini to'lamagan bo'lsangiz hoziroq to'lab qo'yishni unutmang!

Aks holda o‘z vaqtida to‘lanmagan soliq summasiga har bir kechiktirilgan kun uchun penya hisoblanib, qarzdorlik sud tartibida majburiy undiruvga qaratiladi.

📲Buning uchun bank yoki soliq inspeksiyasiga borish shart emas Siz Soliq mobil ilovasi orqali 2025-yil uchun hisoblangan mol-mulk va yer soliqlari haqida ma'lumot olishingiz hamda to‘lovlarni tez va oson amalga oshirishingiz mumkin.

✔️OXIRGI MUDDAT 15-OKTABR EDI


Тelegram | Facebook|Instagram|Youtube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#yashirin_iqtisodiyot

Yashirin iqtisodiyot nima?

Yashirin iqtisodiyot – bu iqtisodiyotning tadbirkorlik faoliyati odatda rasmiy roʻyxatga olinmagan, soliqqa tortilmaydigan va rasmiy statistika va nazorat doirasidan tashqarida qoladigan turli norasmiy iqtisodiy faoliyatni ifodalovchi iqtisodiyot tarmogʻidir.

▪️norasmiy bandlik
▪️qonuniy boʻlmagan ish haqi
▪️norasmiy tadbirkorlik
▪️noqonuniy tovarlar va xizmatlar savdosi
▪️soliq toʻlashdan boʻyin tovlash


Bunday harakatlar rasmiy qoidalar va tartiblarni chetlab oʻtadi. Darhaqiqat, davlat idoralaridan daromadlarni yashirish yoki soliq toʻlashdan boʻyin tovlashga olib keladigan har qanday tadbirkorlik faoliyatini yashirin iqtisodiy faoliyat deb hisoblash mumkin.

Тelegram | Facebook|Instagram|Youtube
#murojaatlar

Buxoro viloyati soliq xizmati organlariga 2025-yilning yanvar- sеntabr oylarida jismoniy va yuridik shaxslardan jami 27 688 ta murojaat kelib tushdi

📨 Murojaatlarning:

▫️841 tasi — yozma shaklda,
▫️2 206 tasi — og‘zaki,
▫️24 641 tasi — elektron shaklda yuborilgan.

📌 Ko‘rib chiqish natijalariga ko‘ra:

🔹18 390 ta murojaat ijobiy hal etilgan;
🔹7 929 ta holatda murojaat egalariga huquqiy tushuntirishlar berilgan;
🔹313 ta murojaatda keltirilgan holatlar tasdig‘ini topmagan;
🔹11 tasi ko'rib chiqish tugatilgan;
🔹34 tasi tegishli idora va tashkilotlarga yuborilgan;
🔹1 011 ta murojaat hozirda ko‘rib chiqilmoqda.

Тelegram | Facebook|Instagram|Youtube
#soliq_qarzi

Soliq qarzini o‘z vaqtida to‘lamaganlar soliqlar summasidan tashqari hisoblangan penyalar va jarimalarni ham to‘laydilar

Soliq qarzini to‘lash, shu jumladan uni soliq organlari tomonidan undirish chog‘ida to‘lash quyidagi tartibdagi ketma-ketlikda amalga oshiriladi:

🔹soliqlar summasi;
🔹 hisoblangan penyalar;
🔹 jarimalar.

👉Soliq kodeksi 55-modda

Тelegram | Facebook|Instagram|Youtube
#markirovka

Raqamli markirovka yaroqlilik muddati o'tgan tovarlar savdosini cheklaydi

O‘zbekistonda joriy etilayotgan raqamli markirovkalash tizimi yuqori likvidli mahsulotlar muomalasining shaffofligini oshirishga xizmat qiladi. 2026-yil 1-martdan boshlab raqamli markirovkalash yaroqlilik muddati o‘tgan tovarlar realizatsiyasini cheklaydi.
👉PQ-296 06.10.2025 y.

Quyidagi mahsulotlar majburiy raqamli markirovkalanishi shart:
👉 alkogol va tamaki mahsulotlari;
👉 pivo mahsulotlari;
👉 maishiy texnikalar;
👉 dori-darmon vositalari va tibbiy buyumlar
;
👉 suv va salqin ichimliklar.

Ishlab chiqaruvchilar va import qiluvchilar har bir mahsulot haqida batafsil ma’lumotlarni “Asl belgisi” avtomatlashtirilgan tizimiga (“CRPT Turon” MChJ) kiritgan holda ishlab chiqarilayotgan va import qilinayotgan mahsulotlarga Data Matrix maxsus markirovka kodlarini qo‘llaydi:
- mahsulot nomi,
- miqdori,
- hajmi,
- ishlab chiqarish sanasi,
- yaroqlilik muddati va boshqalar.

Sotuvchi 2D skaner yordamida mahsulotning raqamli markirovka kodini skanerlaganda, tizim avtomatik ravishda “Asl belgisi” AISdan markirovka kodini tekshiradi. Agarda mahsulotning yaroqlilik muddati o'tganligi aniqlansa, Onlayn-NKT ekranida “mahsulot yaroqli muddati o‘tgan” mazmunida ogohlantirish xabari aks etadi va chek shakllanmaydi.

Shu tariqa muddati o'tgan tovarlar realizatsiyasi sotuvchining ishtirokisiz avtomatik ravishda bloklanadi.

“Asl belgisi” tizimida bloklangan mahsulotlar yaroqsiz deb topiladi va qonun talablariga muvofiq balansdan chiqarilishi kerak.
____________
#маркировка

Цифровая маркировка ограничит продажу просроченных товаров


Внедряемая в Узбекистане система цифровой маркировки служит повышению прозрачности оборота высоколиквидной продукции. С 1 марта 2026 года благодаря цифровой маркировке будет ограничена реализация товаров с истекшим сроком годности.
👉№ПП-296 от 06.10.2025 г.

Обязательной цифровой маркировке подлежат:
👉 табачные изделия и алкогольная продукция;
👉 пивоваренная продукция;
👉 бытовая техника;
👉 лекарственные средства и медицинские изделия
;
👉 вода и прохладительные напитки.

Производители и импортеры наносят на производимую и импортируемую продукцию специальные коды маркировки Data matrix, внося в автоматизированную систему "Asl belgisi" (ООО "CRPT Turon") подробную информацию о каждом товаре:
- наименование,
- количество,
- объем,
- дата производства,
- срок годности и другое.

Когда при продаже продавец сканирует через 2D-сканер нанесенную на товар цифровую маркировку, то система автоматически сверяет код маркировки с АИС "Asl belgisi". В случае обнаружения истекшего срока годности товара на экране онлайн контрольно-кассовой техники выводится уведомление "срок годности товара истек", и чек не формируется.

Таким образом, реализация просроченного товара блокируется в автоматическом режиме, без участия продавца.

Заблокированные в системе "Asl belgisi" товары признаются непригодными и подлежат списанию с баланса в соответствии с требованиями законодательства.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#onlayn_NKТ

🚫
Nazorat-kassa texnikasini qo‘llamasdan savdoni amalga oshirganlik va xizmatlar ko‘rsatganlik, xaridorga chek bermasdan tovarlarni realizatsiya qilganlik va xizmatlar ko‘rsatganlik soliq huquqbuzarligi sanaladi va belgilangan tartibda javobgarlikka tortishga asos bo‘ladi.
👉Soliq kodeksi 221-modda

Sotuvchi va xaridor o‘rtasida tovar yoki xizmatlar uchun xarid cheki bermasdan P2P o‘tkazmalari (bir jismoniy shaxsning kartasidan boshqa jismoniy shaxsning kartasiga) orqali hisob-kitob qilish noqonuniy hisoblanadi.

📲Chek berilmaganligi uchun Soliq mobil ilovasining “Soliq hamkor” bo‘limi orqali shikoyat yo‘llash mumkin.

Тelegram | Facebook|Instagram|Youtube
🔥2
#antikorrupsiya

Soliq tizimida korrupsiyaga qarshi kurash: ochiqlik va raqamlashtirish yangi bosqichda

Soliq to‘lovchilarga sifatli va tezkor xizmat ko'rsatish tizimini yangi bosqichga ko'tarish maqsadida elektron xizmatlar ko'lami yanada kengaymoqda. Bu o'z navbatida xizmat ko'rsatishda inson omilini kamaytirish, korrupsiya bilan bog'liq holatlar hamda ortiqcha ovogarchiliklarning oldini olishda muhim omil bo'lmoqda.

Soliq qo‘mitasi tomonidan tizimda korrupsion holatlarga barham berish maqsadida xodimlarning moddiy ta’minotini yanada yaxshilash, mazkur holatlar kuzatilishi xavfi mavjud xizmatlarni raqamlashtirishga alohida e'tibor qaratilmoqda.

Har bir hududda korrupsiyaga qarshi kurashish borasida o‘tkazilayotgan profilaktik suhbatlarda ushbu illatning oqibatlari hamda bugungi kundagi soliq xodimlari uchun yaratilayotgan sharoitlardan rozi bo'lib, sharafli kasbda sadoqat bilan mehnat qilish kerakligi tushuntirib o‘tilmoqda.

Shuningdek, xodimlarning ish uslubi mahallabay, korxonabay ishlash tizimiga o'zgartirilib, ish samaradorlik ko‘rsatkichi (KPI) asosida rag‘batlantirish institutining joriy etilgani avval kuzatilgan korrupsion holatlarga chek qo'ymoqda. Xususan, joriy yilning 9 oyida xodimlarga nisbatan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishlari soni o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 9 foizga kamaygani, buning isbotidir.

O'tgan 9 oy davomida tizim xodimlarining noqonuniy xatti-harakatlari yuzasidan 320 ta murojaat kelib tushgan. Ularning, 195 tasi bo‘yicha xodimlarga tegishli choralar ko‘rilib, 28 tasi tasdig‘ini topmaganligi sabab rad etilgan. 97 ta murojaat bo‘yicha fuqarolarning muammolari hal etilib, tushuntirishlar berilgan.

@dsq_anticorrupciya_bot orqali kelib tushgan murojaatlar Shaxsiy xavfsizlik tuzilmalari tomonidan belgilangan tartibda zudlik bilan o'rganib chiqilib, zarur choralar ko‘rilmoqda. Xususan, bot orqali III chorak yakuni bilan ko‘rib chiqilgan 396 ta murojaatlarda korrupsiya faktlari aks etmagan bo‘lsada, ko‘tarilgan muammolar bartaraf etilib, aybdor shaxslarga nisbatan tegishli choralar ko‘rilgan.

Soliq organlarida korrupsiya holatlaridan jabr ko‘rgan yoki guvoh bo‘lgan fuqarolar https://gov.uz/oz/soliq/anti-corruption havolasi orqali yoki quyidagi aloqa kanallari orqali ham murojaat qoldirishlari mumkin.

Soliq xizmati organlarining aloqa kanallari:
▫️Telegram – @dsq_anticorrupciya_bot;
▫️Soliq organlarining “Ishonch telefonlari";
▫️Shaxsiy xavfsizlik tuzilmalari telefon raqamlari;
▫️Soliq toʻlovchilarning shaxsiy kabineti;
▫️“Elektron soliq xizmatlari” portali;

❗️Murojaatchining shaxsi sir saqlanishi kafolatlanadi.

📌 Eslatma: Murojaatlar toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzganlik, xuddi shuningdek tuhmat va haqoratdan iborat murojaat berganlik belgilangan tartibda javobgarlikka sabab boʻladi.

🔍Soliq xizmati organlari tomonidan olib borilayotgan korrupsiyaga qarshi kurashish tadbirlari haqidagi ma'lumotlar bilan soliq.uz saytining "Korrupsiyaga qarshi kurashish" sahifasi orqali tanishib borishingiz mumkin.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X|Threads
Korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish chora-tadbirlari o‘tkazilmoqda

Soliq organlarini korrupsiyasiz tizimga aylantirish maqsadida Buxoro viloyati soliq boshqarmasi Shaxsiy xavfsizlik bo‘limi hamda HMQ organlari vakillari ishtirokida Qorovulbozor va Kogon tumanlari soliq inspeksiyalari hamda tadbirkorlar o‘rtasida targ‘ibot-tashviqot ishlari olib borildi.

Soliq inspeksiyalarida o‘tgan tadbirlarda soliq organlarida korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish, mehnat qonunchiligi va ichki intizom talablariga qat’iy rioya qilish masalalariga alohida to‘xtalib o‘tildi.

Suningdek, hudularda tadbirkorlar bilan yuzma-yuz muloqotlar ham o‘tkazildi.

Uchrashuvlarda tadbirkorlarning soliq majburiyatlarini bajarish chog‘ida kuzatilishi mumkin bo‘lgan korrupsion holatlar, bunday vaziyatda mas'ullarga xabar berish qulayliklari tushuntirildi va flayerlar tarqatildi.

Тelegram | Facebook|Instagram|Youtube
Forwarded from Fiskal tahlillar
#raqamlashtirish #soliq_tushumlari

2025-yilning 9 oyi yakuni bo'yicha soliq tushumlari 158 trln so’mdan oshdi

Soliq organlari tomonidan 2025-yilning 9 oyida respublika bo‘yicha budjetga 158,7 trln so‘m tushumlar tushishi ta’minlandi. Bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 18%ga ko‘p.

Soliq turlari kesimida tushum (2024-yilning mos davriga nisbatan o‘sish):
🔸foyda solig‘i - 35,4 trln so‘m (📈14%);
🔸QQS - 32,5 trln so‘m - (📈 14%);
🔸JShODS - 30,3 trln so‘m - (📈19%);
🔸yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq - 16 trln so‘m (📈 24%);
🔸aksiz solig‘i - 14,4 trln so‘m - (📈 14%);
🔸soliqsiz tushumlar* - 13,8 trln so‘m (📈 30%);
🔸yer solig‘i - 7,2 trln so‘m (📈 20%);
🔸mol-mulk solig‘i - 6 trln so‘m (📈16%);
🔸AOS - 2,4 trln so‘m (📈12%);
🔸suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq - 0,7 trln so‘m (📈 16%).

*Soliqsiz tushumlar bu davlat boji, jarimalar, yig'imlar.

Shu bilan birga hududlar soliq tushumlari 9 oyda 27 foizga, III chorakda 30 foizga oʻsgan. Eng yuqori oʻsish surʼatlari:
📍Navoiy viloyati - 86%;
📍Fargʻona viloyati - 39%;
📍Toshkent shahrida - 33%;
📍Sirdaryo viloyati - 32%.
_____
#цифровизация #налоговые_поступления

За три квартала налоговые поступления превысили 158 трлн сумов

За 9 месяцев 2025 года налоговыми органами по республике обеспечено 158,7 трлн сумов поступлений. Это на 18% больше, чем за аналогичный период прошлого года.

В разрезе видов налогов (в сравнении с таким же периодом 2024 года):
🔸35,4 трлн сумов по налогу на прибыль (📈14%);
🔸32,5 трлн сумов поступлений по НДС (📈14%);
🔸
30,3 трлн сумов по НДФЛ (📈19%);
🔸
16 трлн сумов по налогу за пользование недрами (📈24%);
🔸
14,4 трлн сумов по акцизному налогу - (📈14%);
🔸13,8 трлн сумов по неналоговым поступлениям* (📈30%);
🔸7,2 трлн сумов по земельному налогу (📈20%);
🔸6 трлн сумов по налогу на имущество (16%);
🔸
2,4 трлн сумов по налогу с оборота (📈12%);
🔸0,7 трлн сумов по налогу за пользование водными ресурсами и неналоговым поступлениям* (📈16%).

*Неналоговые поступления - это государственные пошлины, штрафы, сборы.

Рост налоговых поступлений в регионах составил 27% за 9 месяцев и 30% в III квартале. Наибольшие темпы роста:
📍Навоийская область - 86%;
📍Ферганская область - 39%;
📍Город Ташкент - 33%;
📍Сырдарьинская область - 32%.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#shunday_bolishi_mumkinmi?

Korxona birgina ishchi bilan 5 kunda qariyb 46 mlrd so‘mlik qurilish ishlari bajargan va 58 mlrd so'mlik oziq-ovqat mahsulotlarini realizatsiya qilgan

Soliq qo‘mitasi tadbirkorlar tomonidan elektron hisobvaraq-fakturalar (EHF) rasmiylashtirishda yo‘l qo‘yilayotgan qo‘pol xatolar va soliq qonunchiligi buzilishi holatlari haqida ma’lumot berib borishni davom ettirmoqda.

Bunday holatlar maxsus axborot-tahliliy tizim orqali aniqlanmoqda. U mavjud raqamli ma’lumotlar tahlili asosida EHFlarning xavf darajasini real vaqt rejimida avtomatik tarzda belgilab beradi.

Misol uchun, Ulgurji savdo faoliyatini amalga oshirish maqsadida tashkil etilgan “Gold” MChJ (nomi o‘zgartirilgan)ning ustav jamg‘armasi 1 mln so‘mni tashkil etgan.

Shunga qaramay, korxona 2025-yil 8–13-oktabr kunlari (atigi 5 kunda) faqat bitta xodim bilan 103,9 mlrd so‘mlik, shu jumladan 11,1 mlrd so‘m QQS miqdoridagi qurilish-montaj xizmatlari va oziq-ovqat mahsulotlari realizatsiyasi bo‘yicha EHF rasmiylashtirgan.

Eslatib o‘tamiz: EHFlarning xavf darajasini aniqlash bo‘yicha maxsus axborot tizimi hozirda test tartibida faoliyat yuritmoqda va aniqlangan holatlar bo‘yicha hozircha hech qanday chora-tadbirlar ko‘rilmagan.

❗️Mazkur tizim 2026-yil 1-yanvardan boshlab joriy etiladi.
_________
#разве_такое_возможно?

Предприятие с одним работником за 5 дней выполнило строительные работы на 46 млрд сумов и реализовало продукты питания на 58 млрд сумов

Налоговый комитет продолжает информировать о грубых ошибках и нарушениях налогового законодательства, допускаемых предпринимателями при оформлении электронных счетов-фактур (ЭСФ).

Такие факты выявляются с помощью специальной информационно-аналитической системы, которая на основе анализа имеющихся цифровых данных автоматически определяет уровень риска ЭСФ в режиме реального времени.

Например, ООО «Gold» (название изменено) было создано для осуществления оптовой деятельности с уставным фондом 1 млн сумов.

За 5 дней в период с 8 по 13 октября 2025 года предприятие, имея всего одного сотрудника, оформило ЭСФ по выполнению строительно-монтажных работ и реализации продовольственных товаров на сумму 103,9 млрд сумов, в том числе 11,1 млрд сумов НДС.

Напоминаем: специальная информационная система по определению уровня риска ЭСФ в настоящее время запущена в тестовом режиме и в отношении выявленных нарушений никакие меры не применены.

❗️Данная система будет внедрена с 1 января 2026 года.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X|Threads
Bilasizmi

Ko‘chma savdo obyektlari tashkil etgan yoshlarga soliq imtiyozi bor

Magistral avtomobil yo‘llari bo‘yida ko‘chma savdo ob’yektlarini tashkil etgan yoshlar (30 yoshdan oshmagan shaxslar) faoliyatini amalga oshirish boshlangan sanadan e’tiboran dastlabki 6 oyda tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan daromadlar bo‘yicha soliqlarni to‘lashdan 2028-yil 1- yanvarga qadar ozod etilgan.

👉Soliq kodeksining 483-moddasi

Тelegram | Facebook|Instagram|Youtube
#Ona_tilim_faxrim

Qadring baland bo‘lsin, ona tilim!

Buxoro viloyat soliq boshqarmasida o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganining 36-yilligi munosabati bilan “Qadring baland bo‘lsin, ona tilim!” shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

Tadbirda o‘zbek tilining huquqiy maqomini belgilashda yechib o‘tilgan qiyinchiliklar, bugungi kunda tilimizning boy imkoniyatlaridan keng foydalanish uchun yaratilgan shart-sharoitlar hamda davlat tilining nufuzini yangi pog‘onaga olib chiqish yo‘lida amalga oshirilayotgan islohotlar haqida atroflicha so‘z yuritildi.

Xususan, unda o‘tgan yillar mobaynida ona tilimizni rivojlantirish, uni asrab-avaylash, yosh avlod ongida tilga cheksiz faxr, hurmat va mehr tuyg‘ularini singdirishga qaratilgan video-rolik va lavhalar namoyish etildi.

Tadbir davomida soliq xizmati xodimlari tashabbus ko‘rsatib, "Qadring baland bo‘lsin, ona tilim!" shiori ostida o‘zlari tayyorlagan flayerlar bilan chellenjni boshlab yubordilar.

Тelegram | Facebook|Instagram|Youtube
👍3🔥1
Forwarded from Fiskal tahlillar
#raqamlashtirish #soliq_tushumlari

Umumiy ovqatlanish korxonalari 1,1 trln so‘mga yaqin soliq to‘lagan

2025-yil yanvar-avgust oylarida umumiy ovqatlanish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi 20 163 ta yuridik shaxs tomonidan 1,1 trln so‘m soliq to‘langan. Shundan 213,3 mlrd so‘mi, ya’ni 19,4%i 20 ta korxona hisobiga to‘g‘ri keladi. Ularning jami tovar aylanmasi 2,8 trln so‘m, qo‘llanilgan soliq imtiyozlari esa 31,1 mlrd so‘mni tashkil etgan.

📊Ushbu soliq to'lovchilar tomonidan to‘langan tushumlar soliq turlari kesimida:

▫️QQS – 88,9 mlrd so‘m;
▫️JShODS - 59,1 mlrd so‘m;
▫️foyda solig'i – 36,6 mlrd so‘m;
▫️
ijtimoiy soliq – 26 mlrd so‘m;
▫️boshqa soliqlar - 2,7 mlrd so‘m.
___
#цифровизация #налоговые_поступления

Предприятия общественного питания уплатили почти 1,1 трлн сумов налогов

В январе-августе 2025 года 20 163 юридических лица, осуществляющих деятельность в сфере общественного питания, уплатили 1,1 сумов налогов. Из них 213,3 млрд сумов, то есть19,4%, приходится на 20 организаций. Их товарооборот составил 2,8 трлн сумов, а сумма примененных ими налоговых льгот - 31,1 млрд сумов.

📊Поступления, обеспеченные этими 20 крупными налогоплательщиками
, в разрезе видов налогов:

▫️НДС - 88,9 млрд сумов;
▫️НДФЛ - 59,1 млрд сумов;
▫️налог на прибыль - 36,6 млрд сумов;
▫️
социальный налог - 26 млрд сумов;
▫️другие налоги - 2,7 млрд сумов.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi

Soliqlar yoki yigʻimlarni toʻlashdan boʻyin tovlash — jarima solishga sabab boʻladi

👉Soliq olinadigan foydani (daromadni) yoki boshqa obyektlarni qasddan yashirish (kamaytirib koʻrsatish) yoxud soliqlar va yigʻimlar toʻlashdan qasddan boʻyin tovlash — fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining oʻn baravari, mansabdor shaxslarga esa — oʻn besh baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.

👉 Xuddi shunday huquqbuzarlik ancha miqdorda sodir etilgan boʻlsa — fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining yigirma baravari miqdorida, mansabdor shaxslarga esa — oʻttiz baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.

👉 Daromadlar toʻgʻrisida deklaratsiya taqdim etishdan boʻyin tovlash, deklaratsiyani oʻz vaqtida taqdim etmaslik yoki unda atayin notoʻgʻri maʼlumotlarni taqdim etish —bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan uch baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.


❗️O‘zbekiston Respublikasining MJTK, 174-modda

Тelegram | Facebook|Instagram|Youtube
#dayjest

📣HAFTA XABARLARI

👉O‘z vaqtida to‘lanmagan soliq summasiga har bir kechiktirilgan kun uchun penya hisoblanib, qarzdorlik sud tartibida majburiy undiruvga qaratiladi.

👉Soliqlar yoki yigʻimlarni toʻlashdan boʻyin tovlash — jarima solishga sabab boʻladi

👉Buxoro viloyatida faoliyat ko’rsatayotgan va yangi tashkil etilgan sanoat korxonalari soni 3000 dan oshdi

👉Buxoro viloyatida 105 333 nafar fuqarolar yer va mol-mulk solig'i imtiyozlaridan foydalanishmoqda.

👉O'z biznesingizni nomaqbul hamkorlardan asrang!

👉Tadbirkorlar endi mavsumiy faoliyat uchun tutash yer uchastkalarini E-ijara tizimi orqali ijaraga olishlari mumkin

👉SOLIQ TO‘LASH MADANIYATI – NAFAQAT DAVLAT OLDIDAGI MAJBURIYAT BALKI, FUQAROLIK BURCHINI ANGLASHHAMDIR.

👉“Eng yaxshi soliq to‘lovchi mahalla” reytingini e’lon qilinadi

👉Hurmatli soliq to'lovchilar mol-mulk va yer soliqlarini to'ladingizmi

👉Yashirin iqtisodiyot nima?

👉Buxoro viloyati soliq xizmati organlariga 2025-yilning yanvar- sеntabr oylarida jismoniy va yuridik shaxslardan jami 27 688 ta murojaat kelib tushdi

👉Soliq qarzini o‘z vaqtida to‘lamaganlar soliqlar summasidan tashqari hisoblangan penyalar va jarimalarni ham to‘laydilar

👉Soliq tizimida korrupsiyaga qarshi kurash: ochiqlik va raqamlashtirish yangi bosqichda

👉Korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish chora-tadbirlari o‘tkazilmoqda

👉Ko‘chma savdo obyektlari tashkil etgan yoshlarga soliq imtiyozi bor

👉Qadring baland bo‘lsin, ona tilim!

Тelegram | Facebook|Instagram
#soliq_mtiyozi

Kasaba uyushmalari tizimidagi bolalar sog`lomlashtirish oromgohlari soliq mtiyoziga ega

kasaba uyushmalari tizimidagi bolalar sogʻlomlashtirish oromgohlari negizida bolalarning dam olish mavsumidan tashqari vaqtda tashkil etilgan dam olish maskanlari (dam olish uylari va dam olish zonalari)ning ushbu yoʻnalishdagi xizmatlarni koʻrsatishdan olgan daromadlari 2026-yil 1-yanvarga qadar foyda soligʻidan ozod qilingan.

Тelegram | Facebook|Instagram|Youtube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#soliqlar_yurt_tayanchi

Har bir to‘langan soliq — xalq farovonligi va kelajagimiz uchun xizmat qiladi

Bugun to‘lagan solig‘imiz ertangi farzandlarimiz ta’limi, yo‘llarimiz, shifoxonalarimiz va obodonligimiz uchun sarflanadi.

Soliq to‘lovlarini uydan chiqmasdan – Soliq mobil ilovasida amalga oshirish mumkin.


📌 Soliq majburiyatini o‘z vaqtida bajarish — qonuniylik va mas’uliyat belgisi.
#konstitutsiyaviy_burch

Hurmatli soliq to'lovchilar mol-mulk va yer soliqlarini to'ladingizmi


❗️Agar mol-mulk va yer soliqlarini to'lamagan bo'lsangiz hoziroq to'lab qo'yishni unutmang!

Aks holda o‘z vaqtida to‘lanmagan soliq summasiga har bir kechiktirilgan kun uchun penya hisoblanib, qarzdorlik sud tartibida majburiy undiruvga qaratiladi.

📲Buning uchun bank yoki soliq inspeksiyasiga borish shart emas Siz Soliq mobil ilovasi orqali 2025-yil uchun hisoblangan mol-mulk va yer soliqlari haqida ma'lumot olishingiz hamda to‘lovlarni tez va oson amalga oshirishingiz mumkin.

✔️OXIRGI MUDDAT 15-OKTABR EDI


Тelegram | Facebook|Instagram|Youtube
2025/10/20 04:06:32
Back to Top
HTML Embed Code: